25 Ноябр 2024 йил 629

“Keksalar haftaligi” doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilgan faxriylar va nogiron pensionerlar xonadoniga borib, ular holidan xabar olish an’anaga aylangan. Jumladan, yaqinda viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va faxriylar kengashi tomonidan uzoq yillar yo‘l harakati xavfsizligi tizimida xizmat qilib faxriylikka chiqqan 1-guruh nogironi iste’fodagi kapitan Fayzi Bozorov holidan xabar olindi.

Tadbirda faxriyga homiylik asosida nogironlik aravachasi topshirilib, kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

“Keksalar haftaligi” doirasida bu boradagi ishlar vohaning shahar-tuman IIBlari tomonidan ham davom ettirilmoqda.

Text to speech