29 Январ 2024 йил 1327

Hurmatli fuqarolar!!! O‘zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar diqqatiga!


 

 

   IIV Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlardan 2024 yil 1, 2, va 3 fevral kunlari soat 07:00dan 17:00 gacha jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha tanlovlar olinadi.

 

   Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar Qarshi shahridagi “DINAMO” sport majmuasiga shaxslarini tasdiqlovchi:

 

   - fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi);

   - doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sog‘ligining holati haqida ma’lumotnoma (086-forma) hamda sport kiyimlari bilan kelishlari so‘raladi.

 

   Eslatma: fuqarolik pasporti yoki ID-karta (asl nusxasi), sog‘ligining holati haqida ma’lumotnoma (086-forma) hamda sport kiyimlarini olib kelmagan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik bosqichiga qo‘yilmaydi.

 

 

Ma’lumot uchun telefon: (75) 224-42-03, 224-40-88

Text to speech