28 Ноябр 2024 йил 484

“Хавфсиз ҳудуд – долзарб 50 кун” профилактик тадбири доирасида вилоят ички ишлар бошқармаси бошлиғи Китоб туманида бўлиб, жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олини олиш борасидаги ишлар билан танишди.

Tumanning “qizil” toifadagi “Paxtaobod” mahallasida bo‘lgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish, mahalla yettiligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jinoyatlarni sabab va oqibatlari, bunga shart-sharoit yaratgan muhitning yuzaga kelish omillari tahlil etdi.
Jarayonda mahallada aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish borasidagi “Yoshlar yetakchisi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar va mahalladagi “Oqila ayolllar” guruhi tomonidan an’anaviy qadriyatlar asosida oilalarni mustahkamlash turmush doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar taqdimotini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar jarayonida profilaktika inspektori mahallada aholi va xonadonlar soni, jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar va kelgusida ularni oldini olish va qizil toifadan chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja dastur bo‘yicha boshqarma boshlig‘i bilan muloqotda bo‘ldi.
Mahalladagi oilaviy shifokorlik punktida fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ham boshqarma boshlig‘ining e’tiboridadan chetda qolmadi. Tibbiy muassasada dori-darmonlar zahirasi, isitish tizimi bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlar o‘tkazilib, tavsiyalar berdi.
Boshqarma boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Kitob tumani “Paxtaobod” mahallasidagi xotin-qizlar tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan sexda bo‘lib, xotin-qizlar ish bilan ta’minlangani, shogirdlar ish o‘rganayotgani hamda kelgusida yana qanchasi ish bilan ta’minlanishi bilan tanishib, tadbirkorning mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Text to speech