“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Kitob tumanida bo‘lib, jinoyat va huquqbuzarliklarni olini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Tumanning “qizil” toifadagi “Paxtaobod” mahallasida bo‘lgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash va bu boradagi faoliyatni yanada jadallashtirish, mahalla yettiligi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jinoyatlarni sabab va oqibatlari, bunga shart-sharoit yaratgan muhitning yuzaga kelish omillari tahlil etdi.
Jarayonda mahallada aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish borasidagi “Yoshlar yetakchisi” tomonidan amalga oshirilgan ishlar va mahalladagi “Oqila ayolllar” guruhi tomonidan an’anaviy qadriyatlar asosida oilalarni mustahkamlash turmush doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar taqdimotini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar jarayonida profilaktika inspektori mahallada aholi va xonadonlar soni, jinoyatlarni sodir etilishiga sabab bo‘lgan omillar va kelgusida ularni oldini olish va qizil toifadan chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan reja dastur bo‘yicha boshqarma boshlig‘i bilan muloqotda bo‘ldi.