21 Сентябр 2022 йил 301

Donorlik sogʼlom hayot garovi

Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 31-avgust kunidagi 23/1496-sonli koʼrsatmasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʼaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʼgʼrisida”gi 348-sonli Qaroriga asosan, “Har oyning ikkinchi seshanbasi mamlakatimizda begʼaraz donorlik kuni” etib belgilangani keltirib oʼtilgan.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot boʼlimi xodimlari va shifokorlari viloyat Qon quyish markazida “Donorlik sogʼlom hayot garovi” shiori ostida begʼaraz donorlik tadbirida ishtirok etishdi. Viloyat Qon quyish markazi bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tadbirda markaz mutaxassislari tomonidan bunday xayrli tadbirlarning insonparvarlik gʼoyalariga yoʼgʼrilganligi, donorlik qilishning inson organizmi uchun nechogʼlik foydali ekanligi tushuntirildi.
Begʼaraz donorlik tadbirida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Qon quyish markazi kelgusida ham bunday ezgu va xayrli ishlar zamiridagi tadbirlarni hamkorlikda oʼtkazishga kelishib olishdi.

Text to speech