2-son jazoni ijro etish koloniyasi shaxsiy tarkib xodimlari bilan Qashqadaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari shaxsiy tarkib e'tiboriga “TERRORIZM VA EKSTREMIZM – CHEGARA BILMAS, MILLAT TANLAMAS ILLAT” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, xodimlar e'tiboriga “ADASHGAN INSON IQRORI” nomli video rolik namoyish etildi.

Ekstremizm jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid bo‘lgan keskin radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ekstremistik qarashlar chuqur ildizlarga ega bo‘lib, ular chegara bilmaydi, din, millat, biron-bir mamlakat hududini tan olmaydi. Aslida ularning asl niyati qon to‘kish, zo‘rlik bilan hokimiyatga erishish hisoblanadi. Terrorizm va ekstremizm dunyo aholisining tinchligi va farovonligiga rahna soluvchi illatlardir. Butun dunyo hamjamiyati ushbu yovuzlikka qarshi bir yoqadan bosh chiqargan holda, ma’rifat quroli bilan kurash olib borsagina, uning ustidan g‘alaba qozona olishi haqida so‘z bordi.