24 Декабр 2021 йил 307

Тарбиявий профилактик ҳафталиги

Bilim olish va tarbiyalanishning erta kechi boʼlmaydi. Mashoyixlar bejizga beshikdan qabrgacha ilm izla deya taʼkidlashmagan. Bu boradagi ishlar boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlarida ham muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida “Tarbiyaviy profilaktik haftaligi” doirasida shaxsiy tarkib oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchlikni mustahkamlash maqsadida boshqarma MMI va KBTX va “Faxriylar kengashi” faollari ishtirokida profilaktik yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Tadbirda soʼzga chiqqanlar xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolariga yechim topish, kezi kelganda huquq va erkinliklarini himoya qilish ichki ishlar organlari xodimlarining muqaddas burchi ekanligini taʼkidlashdi. Qolaversa, turli internet oʼyinlarining salbiy oqibatlari xususida aniq misollar asosida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.

Bu boradagi ishlar viloyatning shahar-tumanlarida davom etmoqda

Text to speech