2 Сентябр 2021 йил 777

Chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘zbekiston respublikasida vaqtincha bo`lish tartibi o`zgardi

 

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi  “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 549-sonli Qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi  408-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibini 65-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb belgilandi.

Shu munosabat bilan mazkur Qaror talabiga ko‘ra, Xorijiy davlatlardan turli maqsadlarda ma’lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan va bugungi kunda vaqtinchaliq qayd muddati tugagan holatda Qarshi shahrida vaqtincha yashab kelayotgan chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan 2021 yilni 10 sentyabr kuniga qadar chiqib ketishlarini, shu o‘rinda ularni qabul qilgan uy-joy egalari hamda korxona, tashkilot rahbarlari bunday toifadagi chet el fuqarolarini Respublika hududidan chiqarib yuborish choralarini ko‘rishlari lozim.

Shuningdek, mazkur Qaror talabiga ko‘ra, 2021 yilni 10 sentyabr kuniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari va mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida yashash va bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javovgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 225-moddasini tegishli qismlari bo‘yicha ma’muriy javobgarlik masalasi ko‘rilishi haqida ogohlantiriladi.

 

Behzod Suvonov,

Qarshi shahar IIO FMB M va FRB

boshlig‘I podpolkovnik

 

 

Text to speech