13 Декабр 2021 йил
442
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs Shahrisabz shahar hududidan ushlandi
Shahrisabz shahar miqiyosida oʼtkazilgan “Tong” tadbiri davomida Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 127-moddasi 3-qismi bilan Jinoyat ishlari boʼyicha Shahrisabz shahar sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilinib, Shahrisabz shahar IIBda qidiruvda boʼlgan, Shahrisabz shahar Yangihayot MFYda yashagan U.U Shahrisabz shahar IIB xodimlari tomonidan 2021 yil 12 dekabr kuni Shahrisabz shahar dehqon bozori hududidan ushlangan. Endi u bir emas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.