1 Mart 2024 yil 441

Zulfiyaxonim va bibixonim izdoshlari zakovatda

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shahrisabz tuman boʻlinmasi  tashabbusi bilan tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi, tuman Axborot kutubxona markazi, tuman IIB va tuman Obodonlashtirish bo‘limi hamkorligida  tuman IIBda o'zbek shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109  yilligi munosabati bilan kitobxon onalar ishtirokida  "ZAKOVAT" intellektual  o'yini o'tkazildi. Tuman Оbodonlashtirish bo‘limi xodimlari ishtirokida o'tkazilgan zakovatda  “Zulfiyaxonim”  va "Bibixonim" jamoalari bellashdilar.  Bellashuv bahs munozaralarga boy bo'lib, hakamlar hay'atining yakuniy xulosasiga asosan musobaqada “Bibixonim” jamoasi g‘alaba qozondi. G’olib jamoalarga tashakkurnoma va kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Text to speech