Bedarak yo'qolganlar

BEDARAK YO'QOLGAN.

Bedarak yoʼqolgan voyaga yetmagan shaxs; Razzoqova Sevinch Аbdurasul qizi, 2005 yil 10 mayda Shahrisabz tumanida toʼgʼilgan, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati oʼzbek, maʼlumoti tugallanmagan oʼrta, 30-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi 8-sinf oʼquvchisi. Shahrisabz tumani, “Chorshanbe” mahalla fuqarolar yigʼini, Chorshanbe qishlogʼida yashaydi. Аlohida belgilari; Buyi 160-165sm, oqdan kelgan, ozgʼindan, yuzida sepkili bor, sochi kalta yelkaga tushib turadi jigar rangda, yuzi “chuzinchoq” shaklda, sochi malla rangda, koʼzlari qisiq, malla rangda, burni “puchiq” oʼrtacha, quloqlari oʼrtacha kattalikda, qoshlari yoysimon qalin qora rangda, lablari oʼrtacha qalinlikda, tishlari tabiiy, oyoq ulchami “37”.
Egnida; qora rangli futbolka, kuk rangli jensi shim va ayollar oyoqkiyimi boʼlgan, qoʼlida orqaga taqib yuriladigan kulrang sport soʼmkasi va soʼmka ichida oq kofta, bir dona kuylak boʼlgan.
Hozirda voyaga yetmagan S.А.Razzoqovani qidirib topish boʼyicha qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech