IIV faoliyatiga oid hisobotlar

Ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilgan islohotlar


Islohotlarning 
1-bosqichi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 apreldagi PF-5005-son farmoni asosida boshlanib, bu borada 13 ta qonun, Prezidentning 9 ta farmoni, 40 ta qarori va 3 ta farmoyishi, 115 ta Hukumat qarorlari, 167 ta idoralararo hujjatlar qabul qilindi.

Ichki ishlar organlarining boshqaruv tizimi to'liq maqbullashtirilib, 85 foiz (ilgari 54 %) shaxsiy tarkib bevosita aholi uchun qulay joylarda xizmat qilinishi ta'minlandi. Buning uchun har 35-40 ming aholiga faoliyat ko'rsatadigan qo'shimcha 261 ta yangi (ilgari 108 ta) ichki ishlar bo'limlar (GOM) tashkil etildi.

Yirik bozorlar, savdo majmualari va aholi gavjum joylarda mahalliy byudjet hisobidan 41 ta yangi ichki ishlar bo'linmalari tashkil etildi.

Har bir rahbar va xodimning jinoyatchilikka qarshi kurashishga bo'lgan qarashi tubdan o'zgardi. Ularning kundalik xizmat faoliyati raqam va foizlar orqasidan quvish emas, balki fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish birinchi navbatdagi vazifaga aylandi.

Jinoyatchilik statistikasini yuritishda xalqaro hamjamiyat umume'tirof etilgan ijobiy tajribasidan kelib chiqib, 100 ming aholi soniga nisbatan hisoblanishi yo'lga qo'yildi.

Aholi soni 32 mln 120 mingdan 34 mln 860 mingga ko'paygan.

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyatlar to'g'ri kelgan.

Kriminogen vaziyatni xolisona tahlil qilish, jinoyatlarni yashirmaslik maqsadida, xodimlar tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar ijobiy natija sifatida baholash tizimiga o'tildi.

2021  yil 6 oyida 2017 yilning 6 oyiga nisbatan qariyb ikki baravar ko'p (8 592 / 15 321) jinoyatlar aniqlangan.

Tizimdagi barcha sohaviy xizmatlar qaytadan isloh etildi. Zamon talabidan kelib chiqib, xavfsiz turizmni ta'minlashprobatsiyasurishtiruv va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga ixtisoslashgan bo'linmalar yangitdan joriy etildi.

  1. Mahallalarda jinoyat oqibatlari bilan kurashish emas, balki, barvaqt oldini olishga o'tildi.

Buning uchun, har bir mahallaga bir nafardan profilaktika inspektori ajratilib, ularning soni 9 784 nafargacha (ilgari 5 867) etkazildi va o'rtacha 3,5 ming aholiga (ilgari 5,5 ming) xizmat qilinishi ta'minlandi. Ularning uzluksiz xizmat faoliyati amalga oshirilishi uchun 6 787 ta xizmat uylari va 7 388 ta shaxsiy avtomashina xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

Profilaktika inspektori mahalla raisning huquq-tartibotni ta'minlash bo'yicha o'rinbosari etib belgilandi.

Xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarni ro'yobga chiqarish va ularning xavfsizligini ta'minlash uchun 362 nafar ayollar masalalari bo'yicha inspektorlar faoliyati yo'lga qo'yildi. (ilgari bu vazifani profilaktika inspektori bajargan)

Mahalladagi xavfsizlik holati har oyda aholi tomonidan, bu borada amalga oshirilgan ishlar natijalari esa Xalq deputatlari tuman-shahar kengashlari tomonidan baholab borish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

2017 yil 6 oyiga nisbatan jinoyatlar sodir etilmagan mahallalar soni 3 855 tadan (jami 9 015 ta, 42,7 %) 4 559 taga (jami 9 251 ta, 49,3 %) ko'paygan.

  1. Jinoyatga jazo muqarrar” printsipini to'liq tatbiq etish maqsadida bir qator innovatsion yondashuvlar joriy etildi.

Jinoyatlarni fosh etish borasidagi har bir (7 ta) protsessual harakatlarni audio- videoqayd etish majburiyligi belgilanib, sohaga ilg'or kriminalistik vositalar, masofadan turib so'roq qilish hamda mobil` tergov qilish platformalari joriy etildi.

Ichki ishlar organlariga keltirilayotgan fuqarolarning haq-huquqlarini ishonchli ta'minlash uchun jami 1 123 ta alohida “So'rovxonalar” tashkil etildi va barchasi videokameralarga uzluksiz yozib olinishi qat'iy belgilab qo'yildi.

Tor doiradagi soha mutaxassisligi bo'yicha jinoyat ishlarini tergov qilish sifatini oshirish maqsadida, yo'l-transport hodisalari, firibgarlik, kiberjinoyatchilikka ixtisoslashgan alohida bo'linmalar tashkil etildi va o'ziga xos jinoyatlarni tergov qilish metodikasi yaratildi.

Jazoni ijro etish muassasalarida 3 mingdan ziyod videokuzatuv moslamalari o'rnatildi. Mahkum va hibsga olinganlarga advokatlar va Ombudsman bilan hech qanday moneliksiz uchrashuv qilish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Zamon talabiga javob bermaydigan 4 ta koloniyalar, shu jumladan aholi orasida salbiy nom topgan “Toshturma” va “Jasliq” koloniyalari tugatildi.

Mahkumlarga saylashpensiya ta'minoti va ijtimoiy sug'urta olish, kasb egallash, sifatli tibbiy yordam olish huquqi berildi. Ularni mehnatga to'liq jalb etish orqali jamiyatning munosib vakili sifatida shakllantirish uchun 114 ta yangi tsexlar tashkil etilib, qo'shimcha 4 896 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

Sodir etgan jinoyatdan chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan 4 973 nafar mahkumlar afv etilib, ularning ijtimoiy moslashuvini ta'minlash ishlari yo'lga qo'yildi.

III. Jamoat xavfsizlikni ta'minlash borasida ichki ishlar organlarining Milliy gvardiya va jamoatchilik bilan hamkorlikda 3 bosqichli patrullik xizmati tashkil etildi.

Jamoat joylaridagi vaziyatni kuzatib borish uchun 16 ta “Vaziyatlar markaz”lari tashkil etilib, ularga ko'chalar, aholi xonadonlari va ijtimoiy ob'ektlarga o'rnatilgan 100 mingdan ziyod videokamera va 8 mingdan ortiq tezkor chaqiruv tugmalari integratsiya qilindi.

Jamoat joylarida xavfsizlikni “inson omili”ni istisno etgan holda ta'minlash uchun, yo'l-patrul` va post-patrul` xizmati xodimlari 6 100 ta “bodikamera”, 179 ta alkotester, 6 514 ta huquqbuzarliklarni qayd etuvchi planshetlar bilan ta'minlandi.

Avtomobil` yo'llarda qoidabuzarliklarni aniqlash uchun 1 096 ta videokameralar va 184 ta radar moslamalari o'rnatildi. Fuqarolarga qoidabuzarlikni qayd etishga ruxsat berildi.

Aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan ko'rsatilayotgan 12 ta davlat xizmatlari interaktiv usulga o'tkazildi.

Transport vositalarining oyna tusini o'zgartirish (qoraytirish), talabgor davlat raqam belgilarni auktsion shaklda xarid qilish uchun ruxsat berildi.

Xalqaro standartlarga javob beradigan ID-karta, “biometrik” xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasining yangi namunalari amaliyotga joriy etildi.

  1. Xizmat faoliyatini bosqichma-bosqich raqamlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ichki ishlar organlarining 96 foizi optik-tolali aloqa tizimga ulandi, 89 foizi – zamonaviy komp`yuterlar bilan ta'minlandi.

Tizimda 32 ta axborot-ma'lumotlar bazalari joriy etilib, hujjat almashinuvi 63 foizgacha elektron shaklga o'tkazildi.

Faoliyat shaffofligini ta'minlash uchun 21 ta veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda esa 47 ta rasmiy sahifalar yuritildi.

Ular orqali har kuni 1,2 mln doimiy foydalanuvchilarga ma'lumotlar taqdim etilmoqda.

  1. Kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda korruptsion omillarga barham berish choralari ko'rilmoqda.

Bu borada, Vazirlik Akademiyasida 8 ta (ilgari 4 ta) yo'nalish bo'yicha kunduzgi va sirtqi shaklda o'qish tizimi yo'lga qo'yildi.

Yoshlikdan boshlab kadrlar o'zagini shakllantirish maqsadida, 14 ta idoraviy akademik litseylar, “Temurbeklar maktabi” va ixtisoslashgan maktab-internati joriy etildi.

Xodimlari jismonan chiniqtirish uchun 294 ta idoraviy sport ob'ektlari, shuningdek, sog'lom ovqatlanishni ommalashtirish uchun autsorsing asosida parhez oshxonalar tashkil etildi.

Har yili dekabr` oyida tizimda “Korruptsiyaga qarshi kurashish” oyligi o'tkazilishi yo'lga qo'yildi.

Profilaktika inspektorlari, tezkor, tergov, yo'l-patrul`, patrul`-post, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda probatsiya xizmati xodimlarining faoliyatini reyting baholash tizimi joriy etildi.

Xodimlar uchun 241 ta xizmat uyi qurildi, 2 245 ta xonadonlarni olish uchun ipoteka krediti rasmiylashtirildi. Zamon talabiga javob beradigan 93 ta ma'muriy binolar qurilib, 2 868 ta xizmat transport vositalari xarid qilindi.

Xizmatda halok bo'lgan xodimlarning 121 nafar farzandiga oliy ta'lim muassasalariga imtihonlarsiz o'qishga kirish uchun tavsiyanomalar berildi. 5 126 nafar xodim va oila a'zolariga sanatoriya-kurort muassasalariga yo'llanmalar berildi.

Xizmatda namuna ko'rsatgan hamda yuqori ko'rsatkichlarga erishgan 328 nafar xodimlar Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. O'zining burchiga sadoqat bilan xizmat qilgan 77 884 nafar, shu jumladan o'ziga taklif etilgan porani rad etgan 246 nafar xodimlar Ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan rag'batlantirildi.

***

J.y. 12 fevralida Davlatimiz rahbarining raisligida ilk bor o'tkazilgan Ichki ishlar vazirligi Hay'atining kengaytirilgan majlisida berilgan topshiriqlar asosida tizimda islohotlarning 2-bosqichi boshlandi.

Bu borada, jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida, bugungi kunga kelib, Prezidentimizning 1 ta farmoni va 7 ta qarorlari3 ta Hukumat qarorlari hamda 19 ta idoraviy va idoralararo normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Mazkur hujjatlarning talablari asosida ichki ishlar organlarida boshqaruv tizimi mutlaqo yangi shaklda tuzildi.

Ya'ni, turdosh sohaviy xizmatlar faoliyatini muvofiqlash-tirish uchun bevosita vazir o'rinbosari tomonidan boshqarilayotgan Tezkor-qidiruvJamoat xavfsizligiTransport va turizm ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlash, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamentlari tashkil etildi.

Barcha jazoni ijro etish muassasalari hududiy ichki ishlar organlarining bo'ysunuvidan chiqarilib, bevosita Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga bo'ysundirildi.

Toshkent shahar va Toshkent viloyatida jinoyatchilikni jilovlash ishlari yagona “Poytaxt mintaqasi” tamoyili asosida qayta tashkil etildi.

Bunda, 27 ta ichki ishlar bo'limlari (GOM) tugatildi, hamda 192 ta rahbarlik lavozimi qisqartirilib quyi tizimga tushirildi.

Bevosita joylarda jinoyatlar sodir etilishining o'ziga xos xususiyatlarni inobatga olib, 11 ta turli zamonaviy ish uslublari va “hudud metodika”lari yaratildi.

Respublika bo'yicha kriminogen vaziyati eng og'ir 45 ta tuman-shaharlar, shuningdek, Navoiy viloyati, AngrenNukus va Qarshi shaharlari hamda SariosiyoKoson va Chiroqchi tumanlarini “namunaviy xavfsiz hududga” aylantirish bo'yicha alohida chora-tadbirlar dasturlari tayyorlanib, ijroga qaratildi.

Profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatida “inson omili” ta'sirini kamaytirish va aholi uchun qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida bir qator zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo'lga qo'yildi.

Misol uchun, j.y. 1 iyundan boshlab, Samarqand viloyatida profilaktika inspektorlariga masofadan turib murojaat yuborish, ularning faoliyatini baholash imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi sinov rejimida ishga tushirildi.

Shuningdek, j.y.ning 1 avgustidan boshlab, barcha ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yurituvi1 sentyabrdan boshlab esa huquqbuzarliklar bo'yicha sud muhokamalari elektron tarzda o'tkaziladi.

Mazkur ishlarni tizimli ravishda amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida, mahalliy hokimlik yordamida profilaktika inspektorlariga 6 489 ta zamonaviy komp`yuterlar3 037 ta planshet va 1 083 ta veb-kameralar ajratildi.

O'z navbatida, jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash ishlarini yo'lga qo'yish borasida:

– respublika bo'yicha 830 ta kriminogen vaziyati og'ir mahallalarda muammolarni “oilabay” dasturlari sektor rahbarlari tomonidan tasdiqlanib, ijroga qaratildi;

– respublikadagi barcha (9 251 ta) mahallalarda kriminogen vaziyat tanqidiy ko'rib chiqilib, 2 908 ta mahalla “qizil”, 1 784 tasi “sariq” va 4 559 tasi “yashil” toifalarga ajratildi.

Qizil” va “sariq” mahallalarda “jinoyat o'choq”larini bartaraf etish uchun ularning har biri tuman-shahar hokimi, huquq-tartibot idoralari rahbarlari va o'rinbosarlariga biriktirildi;

– kriminogen vaziyati eng og'ir hisoblangan 267 ta mahallada qo'shimcha patrullik yo'nalishlari tashkil etilib, ularga 442 nafar ichki ishlar organlari va 307 nafar Milliy gvardiya xodimlari jalb etildi;

– har bir hududda eng og'ir bo'lgan 10 tadan mahalla viloyat darajasidagi birinchi rahbarlarga biriktirilib, hududda mavjud muammolarni hal etish bo'yicha “ijtimoiy profilaktika” tizimi amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Bugungi kunda, mazkur mahallalarning 84 tasida “Mahalla huquq-tartibot maskan”lari faoliyati yo'lga qo'yilib, yana 252 tasida shunday maskanlarni tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

O'z navbatida, j.y. apreldan boshlab, jami 7 028 nafar profilaktika inspektorlari “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida ikki bosqichli sayyor kurslarda o'qitildi.

Tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda buning doirasida respublikaning har bir hududida o'tkazilgan kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar mamlakatimizda kriminogen vaziyatning barqarorligini ta'minlash uchun zamin yaratdi.

Xususan, j.y. 6 oyi yakuniga ko'ra respublikaning 9 251 ta mahallalardan 4 559 tasida (49,3 %) bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo'l qo'yilmadi.

O'z navbatida, jami qayd etilgan 45 630 ta jinoyatlarning 15 881 tasi yoki 34,8 foizi avvalgi yillarda sodir etilib, joriy yilda hisobga qo'yilgan.

Shuningdek, 15 434 ta jinoyatlar (jami 45 630 tadan 33,8 %) xodimlarning tashabbusi bilan aniqlandi va shunday jinoyatlar soni o'tgan yilning mos davriga nisbatan 71,4 foizga (9 004 tadan 15 434 taga) yaxshilandi.

Shu jumladan, xodimlarimiz tomonidan:

– 548 ta korruptsiyaviy99 ta odam savdosi va 322 ta kiberjinoyatlar fosh etildi, 368 kg narkotik vositalari, 55 dona o'qotar qurol va 212 dona o'q-dorilarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi; 

– 707 nafar “hujra”da qatnashgan hamda 379 nafar chegaradan noqonuniy o'tgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko'rilishi ta'minlandi; 

– avvalgi yillardan ochilmasdan qolgan 3 833 ta jinoyatlar fosh etildi, qidiruvdagi 1 888 nafar shaxslar ushlandi, bedarak yo'qolgan 263 nafar shaxs topildi.

 ***

Kelgusi davr uchun vazifalar:

Birinchidan, jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari ko'riladi.

Bu borada, ko'cha va jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash bo'yicha Milliy gvardiya bilan javobgarlik hududlarni qat'iy ajratgan holda mavjud kuch va vositalarining yagona boshqaruv tizimini joriy etiladi.

O'z navbatida, barcha naryad va patrullarni masofadan turib boshqarish, ularning xizmat faoliyati samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari joriy etiladi.

Ikkinchidan, tizimda xizmat qilayotgan barcha shaxsiy tarkibning kasbiy bilim-saviyasini oshirish, har bir xodim tomonidan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch !” ezgu g'oya asosida xizmat faoliyatini amalga oshirish borasida tizimda ma'naviy-ma'rifiy ishlar mutlaqo yangi shaklda yo'lga qo'yiladi.

Bu borada, j.y. yakuniga qadar 17 mingdan ortiq xodimlarning kasbiy malakasi oshiriladi, 2 mingdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan sayyor o'quv kurslar o'tkaziladi, xodimlarning jangovar shaylik darajasini oshirish maqsadida 200 ta taktik o'quv mashg'ulotlari o'tkaziladi.

O'z navbatida, xodimlarning ma'naviy dunyoqarashini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lishini ta'minlash borasida har bir xodimning xatti-harakatlariga alohida baho berishga hamda uning xulq-atvoridan kelib chiqib, aniq tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishga qaratilgan “xodimbay” tizimi joriy etiladi.

Uchinchidan, jinoyatchilikni “mahallabay” jilovlash, ayniqsa, shaxsning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga nisbatan jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, bu borada, uyushmagan yoshlardeviant xulq-atvoridagi o'smirlar, nosog'lom va g'ayriijtimoiy hayot kechirayotgan shaxslar bilan “fuqarobay” ishlash amaliyotini har bir hududda jadallashtirish bo'yicha kompleks tezkor va profilaktik tadbirlar o'tkaziladi.

To'rtinchidan, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, ayniqsa, og'ir oqibatli avtoavariyalar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Mazkur tadbirlar doirasida barcha ta'lim muassasalarida “Yo'l harakati qoidalari” fanini majburiy fan sifatida kiritish, maktablarda “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni tashkil etish hamda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga yo'l harakati xavfsizligi asoslarini o'qitish yo'lga qo'yiladi.

O'z navbatida, serqatnov yo'l uchastkalariga piyoda tomonidan boshqarilayotgan svetoforlarni, yoritilmagan joylariga avtonom yoritish uskunalarni, harakat tezligini avtomatik o'lchovchi radar moslamalari o'rnatilishi davom ettiriladi.

Beshinchidan, fuqarolar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, asosiy xizmat faoliyati yo'nalishlarida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik va “inson omili” ta'sirini kamaytirish maqsadida tizimni bosqichma-bosqich to'liq raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi.

 

 

 

 

Text to speech