25 Avgust 2023 yil 3042

“Zukko kitobxon”lar aniqlandi

Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami arafasida Shahrisabz shahar Axborot-kutubxona markazida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori asosida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida  “Zukko kitobxon” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shahrisabz shahar, Yakkabog‘, Kitob va Shahrisabz tuman ichki ishlar bo‘limlari  xodimlari ishtirok etgan tadbirda xodimlarning mutolaa va kitobxonligi, ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan adabiyotlarga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. 

Qizg‘in o‘tgan kitobxonlik musobaqasida ichki ishlar organlari xodimlarining kitobxonlik va mutolaa borasidagi bilimi va dunyoqarashi oshgani javoblarda yaqqol sezildi.  

Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra bahslarga boy tarzda kechgan musobaqada Yakkabog‘ tumani IIB kadrlar bilan ta’minlash guruhi katta inspektori katta leytenant Norali Aliqulov g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Kitob tumani IIB JXX HPBning ikki nafar profilaktika inspektorlari, kapitan Rashid Mahmudov va leytenant Jonibek Shukrullaev qo‘lga kiritdi.

G‘olib kitobxonlarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining diplomlari va kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech