2 May 2023 yil 263

“Zukko kitobxon” aniqlandi

Qashqadaryo viloyati IIBda ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri hamda kitob mutolaasi borasidagi bilimlarini aniqlash maqsadida boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xodimlari hamda shahar-tuman IIBlari xodimlari ishtirokida “Zukko kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati, IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘qituvchilari baholab borgan musobaqada ishtirokchilar bor bilim va mahoratlarini ishga solib o‘zaro bellashdilar.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra, I-o‘rinni Koson tumani IIB JXX HPB VEBIG inspektor-psixologi leytenant To‘lqin Botirov band etdi. 2-o‘rinni Yakkabog‘ tumani IIB JXX HPB VEBIG inspektor-psixolog leytenant Nurali Shoniyozov, 3-o‘rinni Shahrisabz tumani IIB JXX HPB VEBIG inspektor-psixolog leytenant Ilhom Farmonov band etdi.

G‘oliblarga Qashqadaryo viloyati IIBning g‘oliblik diplomi va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Text to speech