3 Dekabr 2024 yil 413

“Zo‘ravonliksiz 16 kun”

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalarva muhandislik iqtisodiyot institutlarida "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" tadbiri doirasida "Zo‘ravonlik va tazyiqsiz yashaylik"mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Institutlar rahbariyati,  xotin-qizlar kengashi, Xotin-qizlar reablitatsiya bo‘limi va institut profilaktika inspektori va Qarshi shahar IIOFMB JXX XQMB katta inspektori ishtirok etishdi. Tadbirda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonlik turlari va holatlarini oldini olish  haqida so‘z yuritildi. Shu bilan birga, xotin-qizlarning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun tibbiy va psixologik yordamlar va imtiyozlardan foydalanish haqida ham tushunchalar berildi. 

Ochiq savol-javob ruhida o‘tgan tadbirlarda ishtirokchilarga tazyiq va zo‘ravonlik uchun qonundagi   javobgarlik borasida videorolik namoyish etildi.

Text to speech