9 May 2024 yil 714

E’zozdagi faxriylar

Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali faoliyat ko‘rsatgan faxriylar holidan xabar olish, ularning muammolarini hal etish, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida an’anaga aylangan. Jumladan, 9 may – Xotira va Qadrlash kuni arafasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va boshqarma birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tizim  faxriylari va ularning oila a’zolari holidan xabar olishdek ezgu va savobga yo‘g‘rilgan tadbirlarni amalga oshirishdi. Jumladan, Qarshi shahrida istiqomat qilib kelayotgan iste’fodagi polkovniklar Narzulla Jumanov hamda Nizom G‘ulomov xonadonida bo‘lib bayram bilan qutlashdi. Mehmonlar xonadon sohiblariga bayram munosabati bilan sovg‘a-salomlar topshirishdi.

Text to speech