Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rajapov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 14
oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil
etilganligining o‘ttiz ikki yilligi hamda 25 oktabr - “Ichki ishlar organlari
xodimlari kuni” munosabati bilan kasb bayramini yuqori saviyada va ko‘tarinki
ruhda keng nishonlash to‘g‘risidagi farmoyishi xamda boshqarma boshlig‘ining
ko‘rsatmasi ijrosini taminlash borasida bir qator xayrli tadbirlar amalga
oshirib kelinmoqda.
Uzoq yillar davomida jinoyat-qidiruv sohasida samarali
xizmat qilib, xozirda faxriylik gashtini surayotgan ichki ishlar organlari
faxriylari, istefodagi podpolkovnik Maxmud Xolov, mayorlar Gulliyev Turg‘un va
Shodmonov Shuhrat xonadonlariga tashrif buyurib, ular xolidan xabar olinib,
moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanib, oziq- ovqat maxsulotlari yetkazildi. Bunday
e’tibor va e’zoz uchun faxriylar boshqarma rahbariyatiga o‘z minnatdorchilik
larini bildirishdi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.