20 Aprel 2024 yil 438

E’ZOZ VA EHTIROM KO‘RSATILDI

Dunyoda kasblar ko‘p. Har birining o‘ziga yarasha mashaqqatli va sharafli jihatlari bisyor. Lekin kasb korlar orasida Vatan himoyasi uchun bel bog‘lab, uning koriga yarashning o‘rni bo‘lakcha. Jumladan, ichki ishlar organlari tizimlarida ham bu toifa xodimlar ko‘pchilik.
Yaqinda Qashqadaryo viloyati IIBning turli sohaviy xizmatlarida uzoq yillar xizmat qilib,  yurt tinchligi, el osoyishtaligini ta’minlash bilan birga ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklarning oldini olish, pinhona sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish, jamoat tartibini saqlashga munosib hissa qo‘shtgan fidoyi xodimlar e’zoz va ehtirom bilan faxriylikka kuzatildi.
Tizimning jamoat xavfsizligi xizmatida chorak asrda ortiq xizmat qilgan podpolkovniklar Jasur Toshev, Maqsud Samadov, Abdurazzoq G‘oziyev, katta serjantlar Abdurahmon Bozorov va Nodir Xo‘janovlar ana shunday e’tiborga sazovor bo‘lishdi.
Tadbirda so‘z olgan faxriylarning hamkasblari ularning xizmatini e’tirof etishdi.
An’anaga ko‘ra, tadbirda nafaqaga kuzatilgan soha fidoyilarning yelkasiga to‘n yopilib, do‘ppi kiygizildi.

Text to speech