1 Dekabr 2022 yil 251

"Zo‘ravonliksiz 16 kun”   

"Zo‘ravonliksiz 16 kun” (25 noyabrdan 10 dekabrgacha) aksiyasi Xalqaro kompaniya bo‘lib, 1991 yili Ayollar Global Liderligi instituti tomonidan taklif etilgan va har yili dunyoning 158 dan ziyod mamlakatlarida o‘tkazib kelinadi.

Dunyodagi barcha faol ayollar 1991-yildan boshlab 25 noyabrni zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni sifatida nishonlaydilar. 17 dekabr 1999 yildan BMT Bosh Assambleyasi 25 noyabrni Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni deb e’lon qildi . 

Shahrisabz tumanidagi "Oq daryo" MFY  hududda joylashgan 24-maktabda tuman hokimligi, tuman IIB JXX HPB XQ va IMB, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan har qanday zo‘ravonliklarning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilishda ayollarning muammolari haqida o‘z vaqtida xabar topish va tegishli idoralar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Text to speech