7 Dekabr 2022 yil 681

“Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz”

Jahon miqyosida o‘tkaziladigan 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” tadbiri doirasida Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti Shahrisabz filialida “Zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi davra suhbati uyushtirildi.

Shahrisabz tuman IIB, institut o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan yig‘ilishda bo‘lim JXX Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor mayor Mohigul Kenjaeva oila turmush doirasidagi muammolarni hal etish usullari, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida mamlakatimizda, xususan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar borasida ishtirokchilarga tushunchalar berdi.

Savol javob asosida kechgan tadbir ishtirokchilarning bu boradagi bilimlarini oshirish bilan birga ularda o‘zgacha tassurot qoldirdi.

Text to speech