12 Mart 2021 yil 720

ZOʼRАVONGА SUD HUKMI OʼQILDI


Oʼtkazilayotgan ,,Tozalash-antiterror" profilaktik tadbiri davomida Qarshi shahar Neftchi MFYda yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro E. R spirtli ichimlik ichib, turmush oʼrtogʼi B.Gga doimiy tazyiq oʼtkazib kelayotganligi aniqlanib, Qarshi shahar 3-sonli IIB HPB XQMB katta inspektori podpolkovnik Z. Rustamova hamda hudud profilaktika inspektori kapitan S.Xudoyberdiev tomonidan joriy yilning 01 mart kuni B.Gga himoya orderi berilgan. Shu kuni fuqaro E.Rga sudlanganligi holati boʼyicha Qarshi maʼmuriy sudi tomonidan maʼmuriy nazorat oʼrnatilgan. Fuqaro E.R maʼmuriy nazoratda turganligi va himoya order cheklovlari belgilanganligidan oʼziga tegishli xulosa chiqarmasdan turmush oʼrtogʼiga tazyiq va zoʼrovonlikni davom ettirganligi uchun huquqbuzarga nisbatan joriy yilning 11 mart kuni Qarshi shahar maʼmuriy sudi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasi, 206-moddasi 1-qismi qoʼllanilib BHMning bir borabari miqdorida jarima undirildi.

Text to speech