27 Aprel 2024 yil 447

ZIYO MASKANIGA SAYOHAT

Sayido Nasafiy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazida ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlar xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimi, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tadbir o‘tkazishdi.
Dastlab Axborot-kutubxona markazi xodimlari shaxsiy tarkibga kitoblardan foydalanish tartib-qoidalari va mutolla borasida tegishli tavsiya va takliflarni bildirishdi.
So‘ngra, xodimlar kutubxona fondidagi o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishdilar. Kutubxonaga obuna bo‘lib, o‘zlari va oila a’zolari mutolaa qilishi uchun kitoblar olishdi.
Tadbirda Axborot-kutubxona mutaxassislari ishtirokida “Eng yaxshi kitbxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘olib rag‘batlantirildi.

Text to speech