28 Mart 2024 yil 403

Joriy yilning 25-26 mart kunlari Nishon tumanidagi harbiy qismda viloyatning Nishon, Mirishkor, Kasbi tumanlarining 123 nafar uyushmagan yoshlari bilan “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida ikki kunlik o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

 Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV  Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari “Vatanga xizmat qilish – oliy burch”, “Jadidlar ma’naviy jasoratining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”,    “Oilam, mahallam, Vatanim uchun nima qildim? Yoshlar tafakkurida oila, mahalla, Vatan tushunchalarining o‘rni” kabi mavzularda seminar-treninglar, davra suhbatlari o‘tkazildi. 

O‘quv yig‘ini yakunida harbiy qismga Nishon tumani hokimi va sektorlar rahbarlari tashrif buyurib, ishtirokchilarda harbiy vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish maqsadida tashabbuskor yoshlar rag‘batlantirildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech