Jinoyatlarni oldini olishning ustuvor vazifalari
Kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, vaziyati og‘ir deb topilgan hududlarda qonunbuzarliklarni “mahallabay” jilovlash, jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikda ish tashkil etish, sektor rahbarlari tomonidan aholining muammolarini “xonadonbay” hal etish ishlarini yanada jadallashtirish bugungi kun talabi.
Shu maqsadda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i - 3-sektor rahbari, polkovnik Abduvoxid Ismoilov voha markazi - Qarshi shahrida sektorlar rahbarlari, mahallalar yettiligi bilan birma-bir suhbatlashib, kriminogen vaziyati og‘ir deb topilgan hududlar, aholi gavjum to‘planadigan maskanlar, “qizil” va “sariq” toifadagi mahallalarda xizmatni namunali tashkil etish, jinoyatlarni oldini olishda keng jamoatchilik vakillari kuchidan samarali foydalanish borasida mutasaddilar bilan birma bir suhbatlashdi.
Yakkama-yakka suhbatlarda barcha mutasaddilarga, ayniqsa, mahallalar yettiligiga hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tdi.
Viloyatda va Qarshi shahrida sektorlar ishchi guruhi tomonidan mahallalarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning ahvolini o‘rganib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Xizmt davomida fuqarolar bilan xushmuomala bo‘lish, odamlarning muammolarini hal etish, pirovardida xalqni roziligiga erishish, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish bugungi kuni talabi ekanligi yig‘ilganlarga tushuntirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.