9 Oktyabr 2023 yil 2078

Jinoyatlarni oldini olish va fosh etishning ahvoli tanqidiy-tahlil etildi

Koson tuman IIBda joriy yilning o‘tgan davrida huquqbuzarliklar, jinoyatlarni oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar, shahar- tuman IIB boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etgan yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i, polkovnik Shuhratjon Satvoldiev ochdi.

Yig‘ilishda  boshqarma boshlig‘i joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy-tahlil qildi.

Vohada jinoyatchilikning ildiziga bolta urish va unga qarshi kurash, sodir etilganlarini izlar bosilmay fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar talab darajasida emasligini ta’kidlandi.

Vohada qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, ro‘y berganlarini fosh etish borasida amalga oshirilgan ishlar, faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli sohaviy xizatlar rahbarlari oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari huquq-tartibotni mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash, osuda turmushga zamin hozirlashda keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalliy hokimliklar, qishloq, mahalla faollari, korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi. 

Bundan tashqari, shahar-tumanlarda sektor ishchi guruhlari tomonidan “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” ishlash, hududlarda kommunal sohadagi kamchiliklarni muntazam nazorat qilib, uchraydigan muammolarni tezda bartaraf etish, asosiy e’tibor aholining e’tiroziga sabab bo‘luvchi holatlarni barvaqt aniqlash va ushbu muammolarni sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etish bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi ishtirokchilarga e’tiboriga yetkazildi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: