Jinoyatga yo‘l bermang!
“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar
profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Qashqadaryo viloyati
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamiyatda osoyishtalik
barqarorligini ta’minlash, turli huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish
uchun qator uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbir davomida jamoat tartibini
saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan birga mulkiy turdagi
jinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu borada viloyat IIB Tergov boshqarmasi va
uning shahar-tuman IIB bo‘lim va bo‘linmalari tergovchilari tomonidan aholi
gavjum maskanlar, bozorlar, supermarketlar
va savdo do‘konlari, mahallalarda “O‘z mulkingizni qarovsiz qoldirmang!”
“Ogoh bo‘ling!”, “Firigarlardan ogoh bo‘ling!” , “Plastik kartangiz ma’lumotlarini
hech kimga bermang!”, “Firibgarlik “qurboni”ga aylanmaslik uchun quyidagilarni
yodda tuting!” kabi mavzularda targ‘ibot ishlari amalga oshirilib, bukletlar
tarqatilmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng qamrovli
tadbirlarda o‘g‘rilik, firibargik, kiberjinoyatlar uchun qonunda belgilangan
javobgarliklar ham ishtirokchilarga tushuntiilmoqda.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.