Jinoyat sababi va omillari muhokama qilindi
Viloyat IIB JXX JTSB boshlig‘i podpolkovnik Ulug‘bek Otaqulov va Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Iskandarov boshchiligida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda sodir etilgan
jinoyatning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib
bergan shart-sharoitlarni «Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati»
tizimi asosida jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi.
Muhokamada ishtirokchilarga
jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini
olish masalasi ustuvor vazifa ekanligi uqtirildi.
Jinoyatni kelib chiqish
sabablari va unga shart-sharoit yaratgan omillar yuzasidan mutasaddi idoralar
va har ikkala mahalla yettiligining ish
faoliyati qoniqarsiz deb topildi va tanqid qilindi.