Jinoyat muhokamasi
Mirishkor tumani “Nurafshon” mahallasida tuman sektor rahbarlari va jamoatchilik ishtirokida o’g’rilik jinoyati muhokamasi bo’lib o’tdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi 565-sonli qaroriga asosan barcha sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida jinoyatlarning sabablarini oʻrganish, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda “mahallabay” va “sohabay” muhoqama qilish tartibi joriy etilgan.
Shunga muvofiq, Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G’ulomov tomonidan “Nurafshon” mahallasida tuman IIB boshlig’i G’ayrat Haydarov va jamoatchilik ishtirokida o’g’rilik jinoyati muhokamasi bo’lib o’tdi.
Axborot beruvchi jinoyat tafsilotlari haqida to‘xtaldi, ushbu hodisaning sodir etilish sabab va omillari keng jamoatchilikka yetkazildi.
Mirishkor tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tekshiruv harakatlari davomida jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanib, ayni vaqtda holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.