JINOYATLАRNI OLDINI OLISHDА PROFILАKTIK TАDBIRLАR АHАMIYATI
Аholi oʼrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, samaradorligini oshirish boʼyicha viloyatimizda “Tozalash-Аntiterror” profilaktik tadbiri oʼtkazilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat komissiya tuzilib, ishchi guruh faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Tuzilgan reja-dasturga asoan, Koson tuman hududida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, va unga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, muammolarni tizimli ravishda oʼrganib borib, yechimini topish orqali koʼplab salbiy holatlarning oldini olish mumkinligini hayotning oʼzi koʼrsatmoqda. Аholi oʼrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, samaradorligini oshirish boʼyicha viloyatimizda “Tozalash-Аntiterror” profilaktik tadbiri oʼtkazilmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari va mutasaddi idoralar vakillaridan iborat komissiya tuzilib, ishchi guruh faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Tuzilgan reja-dasturga asoan, Koson tuman hududida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, va unga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, muammolarni tizimli ravishda oʼrganib borib, yechimini topish orqali koʼplab salbiy holatlarning oldini olish mumkinligini hayotning oʼzi koʼrsatmoqda. Fuqarolarning faolligini oshirish, ularning turli soha, tarmoqlarda oʼz qobiliyatini va imkoniyatlarini roʼyobga chiqarishi uchun sogʼliqni saqlash muassasalari hisobida turuvchi, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarga birinchi navbatda eʼtibor qaratilmoqda. Ishsiz va jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlab, ularga koʼmak berish, uzoq muddatga xorijga ish axtarib ketgan shaxslar va qaytib kelganlar, oila turmush doirasidagi huquqbuzarlik sodir etgan, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi er-xotinlar bilan profilaktik suhbatlar uyushtirish, voyaga yetmagan farzandini moddiy taʼminlashdan boʼyin tovlayotgan, giyohvandlikka, spirtli ichimlikka ruju qoʼygan, vaqtincha ishsizlar, probatsiya nazoratidagi va muqaddam sudlanganlar bandligini taʼminlashga eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish, xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash masalalari ham diqqat-eʼtiborda. Ushbu jarayonda koʼpqavatli uylar, bozorlarda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash ham qamrovga olinib, natijasi tahlil etiladi va aniqlangan holatlar yuzasidan ishchi guruh tomonidan tegishli choralar koʼriladi. Bir soʼz bilan aytganda tinchlik va osoyishtalik barqaror boʼlgan joyda fuqarolarning yaratuvchanlik va bunyodkorlik salohiyati erkin va ochiq-oydin namoyon boʼladi. Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati