25 Sentyabr 2020 yil 967

Jinoyatga yetaklagan nafs

Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining vazifalari nafaqat, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlashdan, balki jinoyatlarni oldini olish, ularni issiq izidan fosh etishdan ham iboratdir.
Qashqadaryo viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasiga kelib tushgan murojaatga asosan, boshqarma xodimlari tomonidan oʼtkazilayotgan tezkor tadbirlar davomida 2000 yilda Yakkabogʼ tumanida tugʼilgan Yakkabogʼ tumanida yashovchi fuqaro Sh.M. Shahrisabz shahrida mavjud turistik namoyish obʼektlariga tutash hududlarda oʼzinining tanishlari bilan yurgan vaqtida, boshqarma tezkor xodimlari tomonidan toʼxtatilib, undan yonida boʼlgan buyumlarini koʼzdan kechirish maqsadida taqdim etishini soʼralganida, 1 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan yashil rangli oʼtkir hidli quritib maydalangan oʼsimlik qoʼritmasi aniqlanib, fuqaro Sh.M mazkur 1 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan yashil rangli oʼtkir hidli quritib maydalangan oʼsimlik qoʼritmasini oʼz ixtiyori bilan taqdim etadi. Surishtiruvlar davomida, ushbu oʼsimlik qoʼritmasini 2000 yilda Yakkabogʼ tumanida tugʼilgan Yakkabogʼ tumanida yashovchi fuqaro Z.K.dan 400.000 soʼmga sotib olganligini aytgandan soʼng, fuqaro Z.K fuqaro Sh.M.ga huddi shunday oʼsimlik quritmasini oq yelim selofanga oʼrab, 200.000 soʼmga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, mazkur daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga koʼra mazkur yashil rangli oʼtkir hidli oʼsimlik quritmasi marixuana giyohvandlik moddasi ekanligi maʼlum boʼldi. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech