25 Yanvar 2024 yil 446

“Jahon tarixi oyligi” doirasida IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari Qarshi shahridagi Odina masjidi va Vatanparvarlar bog‘iga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida o‘quvchilar tarixiy obidadagi milliy va qadimiy osori atiqalar bilan yaqindan tanishdilar.

So‘ngra, Vatanparvarlar bog‘ida o‘rnatilgan harbiy ko‘rgazmali eksponatlar haqida sayohatchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Yoshlarni vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirish, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviy-axloqiy jihatdan bilim va salohiyatini yuksaltirish, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech