8 Noyabr 2024 yil 919

"Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari o'tkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bo'lim boshlig'i F. Muhammadiyev,  O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining viloyat hududiy boshqarmasi mas'ul xodimi M.Ravshanovalar hamda soha mutasaddilari ishtirokida targ'ibot tadbir o'tkazildi.

Profilaktik tadbir davomida ta'lim tashkilotlarida kuzatilayotgan tanqidiy jarayonlar va ularning salbiy oqibati, din niqobi ostida mafkuraviy harakatlarni kuchayib borishini kamaytirish, axborot xavfsizligi, ma'lumotlarni saqlash,tarqatish, har xil tandiy ahamiyat(taqiqlangan) ga ega internet tarmog'idan foydalanmaslik, yoshlarga oid davlat siyosatini qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ'ib qilish masalalari va boshqa galdagi vazifalar muhokama etildi. 

Text to speech