“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik”
Qashqadaryo viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati terrorizmga qarshi
kurashish boshqarmasi xodimlari Qarshi
shahridagi Prezident maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik”
mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.
Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda voyaga yetmagan yoshlarni har tomonlama
barkamol va yetuk qilib ulg‘ayishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini
ta’kidlashdi. Ammo ayrim ota-onalar va ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki
voyaga yetmaganlarning o‘zi o‘qish va boshqa maqsadlarda Misr, Turkiya
davlatlariga borib noqonuniy, yashirin hujralarda tahsil olish holatlari
uchrayotganligi aytib o‘tildi.
Ming bora eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal
deganlaridek, maktab o‘quvchilariga mutaxassislar tomonidan jaholatga qarshi
ma’rifat bilan kurashish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida noislomiy tashkilotlar va ekstremistik
guruhlarning islom dini niqobi ostidagi asl maqsadi, ular ta’siriga tushib
qolmaslik, har qanday yot g‘oyalarga qarshi kurashish borasida kerakli
ko‘rgazmali slaydlar orqali tushunchalar berishdi.
Yakunda ishtirokchilarni savollariga javoblar berildi.