15 Yanvar 2024 yil 1091

Jaholatga qarshi ma’rifat

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish departamenti 4-minataqaviy hudud 2-sonli JIEKda “Ekstremistik va radikalistik yot g‘oyalarni tarqalishini oldini olish” mavzusida targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyat IIB TQX TQKB xodimlari koloniya shaxsiy tarkibi va mahkumlarga norasmiy radikal oqimlarning kirdikorlari, din niqobi ostida ekstremistik, terroristik, turli buzg‘unchi yot g‘oyalarni targ‘ib etuvchi video va audio yozuvlarni fuqarolar ongiga singdirishga urinayotganini aytib o‘tishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va burchlar to‘g‘risida ham tushunchalar berildi.

Savol-javoblar asosida kechgan tadbir ishtirokchilarning bilimini boyitdi.

Text to speech