Jaholatga qarshi ma’rifat
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Shahrisabz tuman bo‘linmasi, tuman Adliya va FHDYO bo‘limlari, IIB bilan
hamkorlikda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik” mavzusida tadbir
o‘tkazildi.
Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, turli ekstremistik va mutaassib
guruhlar g‘oyalarining tarqalishini oldini olish, muqaddas milliy
qadriyatlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tahdidlarga qarshi kurashish
bugungi kun talabi ekanligi itirokchilarga tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda jaholatga qarshi ma’rifat
bilan kurashish, ekstremizm va terrorizmning inson ongiga ta’siri, yoshlar va
xotin-qizlarni buzg‘unchi va yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ijtimoiy
tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish borasida ham targ‘ibot ishlari amalga
oshirildi.
Yakunda oila, fuqarolik, mehnat kodekslari
to‘g‘risida qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan
javoblar berildi.