8 Fevral 2024 yil
444
"Jaholatga qarshi maʻrifat"
Kasbi tumanidagi G'alaba MFYda aholi va
yoshlar o'rtasida "Jaholatga qarshi maʻrifat' ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot
tadbiri bo'lib o'tdi. Unda
ishtirok etgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kasbi tuman
bo‘linmasi, tuman targ‘ibot guruhi,
viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurash bo'limi boshlig'i F. Muhammadiyevlar
tomonidan yurtimizda yoshlarning ilm olishi, yorqin kelajagini qurish yo'lida
olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida so'z
yuritildi. Yoshlarning ertangi kuni turli yot g'oya va jaholatga yetaklovchi
kuchlar ta'siridan holi bo'lishi lozimligi haqida keng qamrovli tushunchalar
berildi.