14 May 2024 yil 359

“Jaholatga qarshi ma’rifat”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 3/15-52-513-sonli xatiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62 sonli qaror bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 32-bandida talaba-yoshlar o‘rtasida yot g‘oyalarning oldini olish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash vazifasi berilgan.

2024-yil 14-may kuni Xalqaro innovatsion universitetida talabalarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida doimiy tarzda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti.

Tadbirda bugungi globallashib borayotgan dunyodagi axborot xatarlari, ommaviy madaniyat va turli puch g‘oyalarni ilgari surayotgan johillar nayranglariga ilinmaslik, kitob o‘qish, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish borasida fikr-mulohazalar, tavsiyalar mutaxassislar tomonidan yetkazilib kelinmoqda.

Text to speech