19 Mart 2024 yil 449

“Jaholatga qarshi maʼrifat bilan “

Qamashi tuman IIB JXX probatsiya katta inspektori, XQMB katta inspektori va Qamashi tuman targʻibot guruhi tuman MMT boʻlimlari hamkorligida

“Jaholatga qarshi maʼrifat “ tamoyili asosida “Millat kelajagini maʼrifatli ayollar belgilaydi” mavzusida IIB ida probatsiya hisobida turuvchi xotin-qizlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Targʻibot tadbirida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashimiz  lozimligi ,diniy mutaassiblikka berilishning salbiy oqibatlari, ayollar jinoyatchiligi, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish madaniyati yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek , "Hayotni sev ,uni qadrla!" mavzusida psixologik trening mashgʻulotlari, shaxmat - shashka musobaqasi tashkil etildi . Tadbir soʻngida IIB hodimlari tomonidan oʻzbek va jahon adabiyotining sara asarlari  sovgʻa sifatida taqdim etildi.

Text to speech