14 Iyun 2024 yil
850
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq har bir fuqaroning burchidir
Yoshlar orasida diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning zararli oqibatlari to'g'risida profilaktika ishlarini olib borish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g'oyalarini targ'ib etish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koson tuman boʻlimida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida targ'ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Koson tuman boʻlinmasi tomonidan "Ma'naviyat burchagi" uchun kitoblar jamlanmasi ham sovgʻa qilindi.