Kuni kecha Xalqaro innovatsion
universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hokim o'rinbosari M.B.Ochilova, Viloyat
hokimligi din ishlari bo'yicha mutaxassis M.Ravshanova, Viloyat IIB voyaga
yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi psixologik ta'minlash
guruhi psixologi, podpolkovnik D.Mirzayeva, Qarshi shahar IIB xotin-qizlar
masalalari bo'yicha katta inspektori, leytenant N.Maqsadova, Yoshlar masalalari
va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor F.Rajabova,
Xotin-qizlar masalari bo’yicha rektor maslahatchisi O.Qahhorova,
professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talaba-yoshlar qatnashdi. Tadbirda so‘zga
chiqqanlar bugun mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa,
yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr-mulohazalarini bayon
qilishdi.
Shuningdek, dunyoda yuz
berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning
mazmun-mohiyati har tomonlama chuqur tushuntirildi. Radikalizm, terrorizm va
diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, "ommaviy
madaniyat" va shu kabi turli tahdidlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilib,
yoshlarni ayni vaqtda puxta bilim olishga, turli kasb-hunarlarni boshini
tutishga, qolaversa bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda badiiy kitoblar
mutolaa qilishga chorladilar.