22 Dekabr 2023 yil 357

“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan”

Axborot texnologiyalari va menejment universitetida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB TQX TEQKB xodimlari, universitet o‘qituvchilari va talabalari qatnashdi. Tadbirda viloyat IIB TQX TEQKB tezkor xodimlari so‘zga chiqib, bugungi kunda eng katta xavflardan biri terrorizm bo‘lib, yoshlarni bu illatdan asrash, unga qarshi kurashish lozimligini ta’kidladi.  Internet tarmog‘idan foydalanishda nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish, soxta profil ostidagi diniy radikal saytlardan foydalanilmaslik, do‘stlashishda ham adashmaslik lozimligi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berdi. Qolaversa, terrorchilik harakatlari ishtirokchilari begunoh insonlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga, jamiyat farovonligiga jiddiy putur yetkazuvchi, moddiy va ma’naviy boyliklarning yo‘q qilinishiga, odamlarning tinch-osuda kundalik hayot tarzini barbod bo‘lishiga sabab bo‘layotganini slaydli misollar asosida ishtirokchilarga tushuntirdi.

 Ko‘lami keng tadbir yakunida ishtirokichlarning savollariga javoblar berildi.

Text to speech