27 Aprel 2024 yil 629

Janubiy-g‘arbiy mahsus harbiy okrugiga qarashli Qarshi shahri va Nishon tumanida joylashgan harbiy qismlarda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostida o‘quv-yig‘inlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘inlarida, yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning qalbida vatanga muxabbat hissini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar zamonaviy innovatsion-pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

O‘quv yig‘inlariga O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘i polkovnik Rustam Abduganiyevich Hatamov tashrif buyurib, yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar haqida so‘z yuritdi. Yoshlar bunday imkoniyatlardan foydalanishi va yurt tinchligi hamda vatan ravnaqiga hissa qo‘shadigan farzandlar bo‘lib kamol topishi alohida ta’kidlandi. 

Text to speech