9 Sentyabr 2024 yil 492

Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzurida tuzilgan Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash a’zolari ishtirok etishdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-sonli Qaroriga asosan, jamoatchilik asosida doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi yig‘ilishida ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilikning fikrini o‘rganish va tizimli monitoring olib borish, tizim faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida ijtimoiy takliflar berish, korrupsiya holatlari bo‘yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni batafsil o‘rganish va uning natijasini keng jamoatchilikka yetkazishga oid Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari va majburiyatlari borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.

Ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisiga aylantirish, ularning fuqarolar, jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhida ishlashini ta’minlash, ijtimoiy va huquqiy himoya qilish borasidagi ishlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Jamoatchilik kengashi yurtimizda qonun ustuvorligi, tinchlik-osoyishtalikni yanada mustahkamlash, jinoyatchilikni oldini olish borasida soha xodimlari xizmatini xalqqqa yetkazishda ham yaqin ko‘makchi bo‘lishi ta’kidlandi. 

Yakunda viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzurida tuzilgan Jamoatchilik kengashi raisi va yangi a’zolari ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Talat Mamatqulov ishtirok etdi.

Text to speech