6 Yanvar 2024 yil 778

“Jadidlar: milliy o‘zlik istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”

Yangi 2024-yil birinchi shanbasida Qashqadaryo viloyat IIBda har hafta o‘tkazib boriladigan “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Viloyat IIB rahbariyati va shaxsiy tarkib ishtirokidagi ushbu dars “Jadidlar: milliy o‘zlik istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida bo‘lib, unda Qarshi davlat universiteti, o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Shahobiddin Nuriddinov ma’ruza qildi.

Shuningdek darsda hafta mobaynida dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yuzasidan TQX xodimi axborot berdi.

Xodimlar ogohlikka chaqirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudining xususiy ajrimi shaxsiy tarkibga yetkazildi. Viloyat IIB MMI va KBTX bosh inspektori kapitan Hamza Niyozov xodimlarni Vatanga sidqidildan, fidokorona xizmat qilishlari yo‘lida o‘z nutqini so‘zladi.

“Ma’naviyat va ma’rifat darsi” yakunida kitobxon  xodim va xodimalar uchun kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Text to speech