30 Dekabr 2023 yil
1300
Ezgulik va savobga yo‘g‘rilgan tadbir
Yangi yil bayrami
munosabati bilan Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati faxriylar hamrohligida xizmat
vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan o‘n olti nafar xodimlarning xonadonlariga
tashrif buyurib, farzandlariga Prezident tabrigi va sovg‘alarini topshirishdi. Shu
bilan birga marhum xodimlarning oila a’zolarini “Yangi yil” bayrami bilan muborakbod
etib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.
Bunday ezgulik
yo‘qlovi boshqarmaning sohaviy xizmatlari va shahar-tuman IIBlarida ham davom ettirilmoqda.