12 Fevral 2025 yil 553

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kuni qabul qilingan PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan G‘uzor, Qarshi shahar, Qarshi tuman va Nishon tumanlari IIB JXX XQMB hamda va VEBIG katta inspektorlari huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, kiberjinoyatlardan jabrlanish holatlarining oldini olish maqsadida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borildi.

Jumladan, shahar-tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektorlari tomonidan ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, aholi gavjum maskanlar, umumiy ovqatlanish joylari hamda savdo do‘konlarida profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida bukletlar tarqatilib, fuqarolar ogohlikka chaqirildi, shuningdek, aholi gavjum maskanlarga targ‘ibot bukletlari yopishtirildi.
Shuningdek, viloyati Axborot texnologiyalari va Menejment universiteti talaba qizlari bilan “Kiberjinoyat qurboniga aylanib qolmang!” hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilamiz!” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirda talaba qizlarning yurish-turish qoidalariga amal qilish, ichki tartib-intizomga rioya etish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yakunda kechki soat 22:00 dan so‘ng talaba qizlarning yotoqxonada bor yoki yo‘qligi borasida tekshiruvlar o‘tkazildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech