10 Yanvar 2025 yil 681

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munsabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Paintboll” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munsabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi  mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Paintboll” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan mashq maydonida kechgan musobaqada boshqarma tarkibiy bo‘limlar va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari xodimlaridan iborat jamoalar kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarliklari hamda merganlik mahoratlarini namoyish etishdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqa natijalariga ko‘ra, Koson tumani IIB jamoasi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa Chiroqchi tumani IIB va Qarshi shahar IIO FMB jamoalariga nasib etdi.
G‘oliblar Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech