28 Yanvar 2025 yil 507

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi topshirig‘iga asosan, viloyat sektor rahbarlarining G‘uzor tumanida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining sayyor qabullar o‘tkazish haqidagi topshirig‘iga asosan, viloyat sektor rahbarlarining G‘uzor tumanida ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvoxid Ismoilovning bir guruh fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov, tezkor qidiruv va profilaktika xizmati xodimlari olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari, ishga kirish, o‘zini o‘zi band qilish, kredit olish va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga oid muammolarini qabul qildi.
Ommaviy qabulda murojaat etgan 19 nafar fuqarolarning 8 ta muammolari joyida hal etildi. Ba’zi murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berilib, o‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan 10 ta murojaatlar mas’ullarga ijro uchun berilib, hal etish vazifasi yuklatildi.
Jumladan, qabulda pasport olish yoshiga yetgan 2 nafar g‘uzorlik yoshlarga bir nafar ayolga fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, shu kuni tumanni “Sovbog‘” mahallasi ichki yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari boshlanib, 3-sektor rahbari jarayon bilan tanishdi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech