O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi tomonidan taqdim etilgan viloyat aholisining dolzarb muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Respublika Ishchi guruhining faoliyati o‘rganishlari davom etmoqda.

Ko‘kdala tumanida respublika ishchi guruhi tarkibiga viloyatdan biriktirilgan IIB mas’ullari, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalarning rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda mazkur ishchi guruh oldiga qo‘yilgan vazifalar, undan ko‘zlangan maqsad va kutilayotgan natijalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilib, kelgusi ishlar rejalashtirib olindi.
Ko‘kdala tumani “Qumdaryo” mahallasida respublikaa va viloyat ishchi guruhi mas’ullari tomonidan ommaviy tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ommaviy tibbiy ko‘rik Ko‘kdala tuman Tibbiyot birlashmasi oilaviy poliklinikalar hamkorligida o‘tkazilib, fuqarolarning umumiy sog‘lig‘i tekshirildi, zarur tavsiyalar berildi hamda profilaktik chora-tadbirlar ko‘rildi.
Unda mahallalarida keksa yoshdagilar, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, ishchi guruh a’zolari mahallalarda ijtimoiy holatni yaxshilash, fuqarolar murojaatlarini tizimli o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ishchi guruh vakillari mahallalar yettiligining faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan yaqindan ishlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy maishiy mauammolarni aniqlab bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.