8 Fevral 2025 yil 546

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarnining barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025 yil 03 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosi bo‘yicha Qarshi tumanida joylashgan “qizil” toifadagi Jumabozor mahallasini jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni ijrosini nazorat qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov o‘rganishlar olib bordi.

Jumabozor MFYda tasdiqlangan yo‘l xarita ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli o‘rganildi hamda mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolariga yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Shu bilan birga mahallada aholi gavjub bo‘lgan joylar, ta’lim muassasalari, ko‘chalar, shuningdek jinoyat sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan manzillarda kameralashtirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi hamda kamera qo‘yilishi zarur bo‘lgan joylar hamkorlikda kelishilib belgilab olindi.
Tasdiqlangan yo‘l xaritasi doirasida chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Text to speech